date
views 2 179

Daniyadagi fermada norkada koronavirus aniqlandi

Daniyadagi fermada norkada koronavirus aniqlandi
Foto: AFP
Daniyadagi fermalardan birida norkada koronavirus aniqlandi. Shu sababli mahalliy veterinar xizmatlari koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida fermadagi 11 mingta norkani yo‘q qilishga qaror qilgan.

Norkalar koronavirusga chalingani ferma xodimlaridan birida koronavirus aniqlangandan keyin ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Daniya dunyoda norka mo‘ynasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, unga dunyo bozorining 40 foizga yaqini to‘g‘ri keladi. Veterinar xizmatlarda ma’lum qilinishicha, fermadagi barcha norkalarning yo‘q qilinishi “xavfsizlik masalasi” bilan bog‘langan.

Bu Daniyada norkalarning koronavirusga chalinishi qayd qilingan ilk holatdir. Aprelda Niderlandiyadagi norka fermalarida ham koronavirus aniqlangan. “Bizning holatda gap virusning odamdan hayvonga o‘tishi haqida bormoqda, chunki fermaning bir necha xodimida koronavirus alomatlari kuzatilmoqda”, deb aytgan o‘shanda Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat mahsulotlari sifati vaziri Karola Sxauten.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniyadagi fermada norkada koronavirus aniqlandi
-->