3 440
Rossiyada dilerlik salonidagi avtomobilni ta’mirlash vaqtida uning ichidan qorayaloq ini topildi
Foto: Motor
Tyumendagi General Motors dilerlik markazi xodimlari karantindan so‘ng avtoturargohda qolib ketgan mashinalarning birida paydo bo‘lgan noodatiy «sovg‘a»ga duch keldi. Mashina o‘zining ta’mirlanishini kutib yotgan bir vaqtda uning motor bo‘lmasida qorayaloq ini paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Motor.
Avtomobil dvigatelidagi nosozlik sabab dilerlik markaziga tashlab ketilgan. Biroq koronavirus pandemiyasi natijasida joriy etilgan cheklovlar sabab servis xodimlari izolyatsiyaga ketgan va motorni almashtirishga ulgurmagan.
Izolyatsiya vaqtida avtomobil dilerlik markazi hududida harakatsiz qolib ketgan. Cheklovlar olib tashlangach, xodimlar mashina dvigatelini almashtirishga kirishgan va motor bo‘lmasiga in qurib, polapon ochgan qorayaloqqa duch kelgan.
Foto: Motor
General Motors xodimlari ehtiyotkorlik bilan qushlarning inini boshqa joyga ko‘chirib, ularni ornitologlarga topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?