
Isroil razvedka vazirligi AQSH prezidenti Donald Trampning qo‘llovi tufayli Falastinga tegishli G‘arbiy sohilni anneksiya qilish uchun hozirgi vaqt juda mosligi haqida bayonot bilan chiqdi, deya xabar beradi Deutsche Welle.
“Noyabr oyidagi prezident saylovdan keyin AQSHning qo‘llab-quvvatlashi aniq emas”, – deyiladi bayonotda.
AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden avvalroq Isroilning anneksiya rejasini ma’qullamasligini, bu xalqaro huquqqa zidligini va mintaqada beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkinligi aytgan edi. Isroil razvedka vazirligi anneksiyaga kuchli qarshilik bo‘lmaydi, falastinliklar dolzarb muammolar bilan, jahon hamjamiyati esa koronavirus pandemiyasi bilan ovora degan fikrda.
Yevropa Ittifoqining yetakchilaridan hisoblanuvchi Germaniya va Fransiya Isroildan anneksiya rejasidan voz kechishni so‘radi. Ularning nazarida Falastin hududining bir qismi Isroilga qo‘shib olinishi xalqaro qonunlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Manba: Azon.uz
Isroil RazvedkasiFalastin YerlariniAQSH PrezidentiG‘arbiy SohilPrezident SaylovXalqaro Huquq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar