«Sevgi iztirobi» filmi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi

«Sevgi iztirobi» filmi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi
Foto: Instagram / @neslihanatagul
Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni ish bilan ta’minladi, deb xabar beradi «Rusturkey.com».
Qayd etilishicha, Neslihan turmush o‘rtog‘iga o‘z menejeri sifatida faoliyat yuritish imkonini bergan.

«Men avvalgi menejerim bilan boshqa ishlamayman, aminmanki turmush o‘rtog‘im bu vazifani yaxshiroq uddalaydi», — degan aktrisa.
Neslihan turmush o‘rtog‘iga qancha oylik berishi haqidagi savolga javob berishni istamagan. Biroq Kadir Dog‘ulu ishni xayrixoh tarzda boshlashga rozi bo‘lgan.
«Sevgi iztirobi» filmi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi
Foto: Instagram / @neslihanatagul
Ma’lumot uchun, Neslihan Atagul o‘zbek tomoshabinlariga «Sevgi iztirobi» hamda «Ishq sohillari» kabi seriallardagi ijrosi bilan tanilgan.

Manba: Daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar