3 994
Putin SSSR respublikalariga «rus xalqi tomonidan berilgan sovg‘alarni» eslab o‘tdi (video)
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sovet respublikalarining SSSR tarkibidan chiqishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Prezidentning fikri «Rossiya 1» telekanali orqali efirga ketgan Pavel Zarubinning «Rossiya. Kreml. Putin» filmida namoyish etilgan.
Putinning ta’kidlashicha, Sovet Ittifoqini tashkil etishda respublikalarning undan chiqish huquqi belgilab qo‘yilgan, biroq jarayon haqida hech narsa deyilmagan.
«Sovet Ittifoqini tashkil etish bitimida undan chiqish huquqi haqida yozilgan, biroq jarayon haqida hech narsa deyilmagani sabab savol yuzaga keladi: biror-bir respublika Sovet Ittifoqi tarkibiga kirsa, biroq Rossiyaning ulkan yerlariga, Rossiyaning tarixiy hududlariga ega bo‘lib, to‘satdan ittifoq tarkibidan chiqishga qaror qilsa, hech bo‘lmaganda qanday kirgan bo‘lsa, shunday chiqsin. O‘zi bilan rus xalqining sovg‘alarini olib ketmasin. Axir bularning hech biri yozilmagan. Mutlaqo ishonchim komilki, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib to‘g‘ri qilyapmiz», — deydi Rossiya prezidenti.
[media=https://youtu.be/sfRCpqz2x9U]
O‘zbekistonlik blogerlar Rossiya prezidentining bu so‘zlarini xavotir bilan qarshi oldi, jumladan, davletovuz shunday deb yozadi:
«Tag‘in Putin Sobiq Ittifoq mamlakatlarida Rossiyaga qarshi kayfiyat shakllanmoqda, deb bong uradi. Bu kayfiyatga asosiy sababchi uning o‘zi, so‘zi va amali aslida.
Uning navbatdagi absurd intervyularidan biriga ko‘ra, Sobiq Ittifoq respublikalari mustaqil bo‘layotganda Rossiyaga tegishli bo‘lgan yerlarni, tarixan Rossiya hududi bo‘lgan yerlarni olib ittifoq tarkibidan chiqib ketishgan. SSSRga qo‘shilgan paytdagi yeri bilan ketsin edi, deydi u. Rus xalqidan sovg‘alarni o‘zi bilan olib ketmasin edi, deya nadomat chekyapti. Kundan kunga qo‘rqinchli».
Avvalroq Putinning Ikkinchi jahon urushi haqidagi maqolasi e’lon qilingani, u Boltiqbo‘yi davlatlarining SSSRga qo‘shilishi qonuniy bo‘lgani haqida yozgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi