22:37 / 23.06.2020
4 041

Putin xalqqa murojaatida nimalar haqida gapirdi?

Putin xalqqa murojaatida nimalar haqida gapirdi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 iyun kuni Rossiya xalqiga navbatdagi telemurojaat bilan chiqdi. Kun.uz ushbu murojaatdagi asosiy mavzularni saraladi.

Koronainqiroz haqida
Putin murojaati davomida koronavirus inqirozining butun oqibatlari endi baholanishini aytdi. Ammo u ishsizlik barcha mamlakatlar uchun eng katta muammo bo‘lganligini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, global epidemiya tufayli dunyoda yangi voqelik shakllanmoqda. Putinning aytishicha, endilikda xavfsizlik va taraqqiyot masalalarida hamma faqat o‘zigagina suyanishi mumkin.

Rossiyada ishsizlik o‘sdi
Rossiyaliklarga murojaati davomida Putin ishsizlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti to‘liq ishga tushmadi, ishsizlik esa o‘sdi.
"Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishga tushmadi, ishsizlik esa o‘sdi. Qiyinchiliklar hali chekinganicha yo‘q", - dedi u.

Koronavirusga 17 millionta test o‘tkazildi
Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya koronavirusga test o‘tkazish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
"Test o‘tkazish hajmi oshib borishi ortidan ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Rossiya har ming kishiga test olish soni bo‘yicha dunyoning yirik mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Jami o‘tkazilgan testlar soni 17 milliondan oshdi", - dedi Putin telemurojaatida.

U keng miqyosdagi test o‘tkazishlar hisobiga kasallikni erta bosqichda, hattoki simptomlarsiz kechayotgan bo‘lsa ham aniqlash mumkinligini qayd etdi. Ko‘p topgan ko‘p to‘laydi, voyaga yetmagan har bir bolaga esa 10 ming rubldan beriladi

Rossiya prezidenti yuqori daromad topadigan boy soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkalari oshirilishini aytdi.
Uning ma’lum qilishicha, bunday soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi 13 o‘rniga 15 foizni tashkil etadi. Bunda oshirilgan stavka yiliga besh million rubldan oshgan daromad miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.

Tushgan mablag‘lar kamyob kasalliklarga chalingan bolalarni davolashga sarflanadi.
Yangi soliq stavkalari 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladi.

Bundan tashqari, Putin 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga iyul oyida yana 10 ming rubldan pul to‘lashni taklif qildi.
Bu qo‘llab-quvvatlash chorasi mamlakatdagi 28 million bolani qamrab oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin xalqqa murojaatida nimalar haqida gapirdi?