
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga telegramma yuborib, respublikani siyosiy jihatdan modernizatsiya qilishda xalqaro hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Trampning To‘qayevni prezidentlikka saylanganiga bir yil to‘lgani bilan tabriklagani, u mamlakatda olib borayotgan islohotlar ijobiy samara berayotgani va ikki tomonlama o‘zaro strategik hamkorlikni rivojlantirish zarurligini bildirgan.
«Siz ishlab chiqqan siyosiy modernizatsiyaga qaratilgan maqsadli islohotlar dasturi yuqori bahoga munosib. AQSH aholining davlatga bo‘lgan ishonchini orttirish va taraqqiy etadigan hamda faol jamiyat asosi bo‘lgan erkinlik himoyasini mustahkamlash borasidagi maqsadlarni qadrlaydi. Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish, o‘zaro strategik hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz», – deya qayd etgan Tramp.
AQSH prezident Amerika xalqi nomidan To‘qayevga tinchlikni mustahkamlash, Qozog‘istonning taraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlashdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
«COVID-19’ning tarqalishiga qarshi amalga oshirgan qat’iy choralarni ham alohida qayd etib o‘tishim zarur. Biz pandemiyani to‘xtatish va undan keyin iqtisodiyotni qayta tiklash borasidagi qo‘shma hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz», – deyiladi telegrammada. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar