21:12 / 24.06.2020
2 756

«Dunyo go‘yo aqldan ozgandek»: «shvedcha strategiya» muallifi karantin va niqob taqishga qarshi chiqdi

«Dunyo go‘yo aqldan ozgandek»: «shvedcha strategiya» muallifi karantin va niqob taqishga qarshi chiqdi
Foto: AFP/Getty Images
Shvetsiyada o‘tkazilgan so‘rovlar mamlakat aholisi hukumatning pandemiyaga qarshi tanlagan yo‘li to‘g‘riligiga ishonchni yo‘qotayotganligini ko‘rsatmoqda. YEI mamlakatlari ichki chegaralarni ochgach, Shvetsiyaning qo‘shnilari shvedlarni o‘z hududlariga erkin kiritishdan bosh tortdi.

Shvetsiyaning bosh epidemiologi, koronavirusga qarshi kurashning milliy strategiyasi muallifi Anders Tegnell butun dunyoda joriy etilgan karantin choralarini telbalik deb atadi.

«Dunyo go‘yo aqldan ozgandek va biz muhokama qilgan barcha narsa unutilgandek», — dedi Tegnell Shvetsiya radiosi orqali chiqishida.
«Kasallanish holatlari juda ko‘payib ketdi va siyosiy bosim ortiqcha kuchli bo‘ldi. O‘shanda Shvetsiya yolg‘iz qoldi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harakatlanishni cheklash yangi muammolar, jumladan, maishiy zo‘ravonlikning o‘sishi, yolg‘izlik va ommaviy ishsizlikni keltirib chiqardi.
«Barcha dorilar nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lgani kabi pandemiyaga qarshi kurash choralari ham salbiy oqibatlarga ega», — dedi u.

Tegnell sog‘liqni saqlash masalalarida bu jihatlarni ham hisobga olishga chaqirdi. U maktablarning yopilishini ortiqcha chora deb atadi va samaraliligi ilmiy jihatdan isbotlanmaganligi uchun yuzga niqob taqmaslikni maslahat berdi.

Tegnell koronavirus yaqin vaqt ichida yo‘qolmasligiga qat’iy ishonadi va karantin uzoq davom etadigan bu tahdidga qarshi foyda bermaydi degan fikrda.

Shvetsiya boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, koronavirus sababli qat’iy karantin joriy etmadi, restoranlar, do‘konlar va maktablar yopilmadi. Ushbu strategiya kasallikka chalinganlar va vafot etganlar soniga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi (100 ming kishiga 51ta) Skandinaviyaning boshqa mamlakatlaridagi nisbatan ancha yuqori (Finlyandiya — 6ta, Norvegiya — 5ta, Daniya — 10ta).

Shvetsiyada o‘tkazilgan so‘rovlar mamlakat aholisi hukumatning pandemiyaga qarshi tanlagan yo‘li to‘g‘riligiga ishonchni yo‘qotayotganligini ko‘rsatmoqda. YEI mamlakatlari ichki chegaralarni ochgach, Shvetsiyaning qo‘shnilari shvedlarning bu mamlakatlarga erkin kirishlariga qarshi chiqdi.

Avvalroq Tegnell pandemiyaning dastlabki bosqichida koronavirusning o‘limga olib kelish kuchini noto‘g‘ri baholaganini tan olgandi. Ammo tanlagan yo‘lidan voz kechishni muhokama qilmasligini aytgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Dunyo go‘yo aqldan ozgandek»: «shvedcha strategiya» muallifi karantin va niqob taqishga qarshi chiqdi