Hindistonlik 30 yoshli ayol homilador bo‘lolmayotgani tufayli erkak, deb tan olindi. Bundan tashqari, unda tuxumdon saratoni aniqlangan. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Kalkuttalik ayol biologik xususiyatlarga ko‘ra, nozik jins vakili hisoblangan, ammo 9 yil davomida homilador bo‘la olmagan. Bundan tashqari, uning mudom qorni og‘rigan.
O‘shanda ayol shifokorlarga yordam so‘rab murojaat qilgan va tuxumdonlari rivojlanmay qolganidan xabar topgan.
Tekshiruv davomida ayol - XY - erkak jinsiy xromosomalariga egaligi aniqlanadi. Shuningdek, unga "tuxumdon raki" tashxisi qo‘yiladi.
"Uning ovozi, rivojlangan ko‘kraklari, tashqi jinsiy a’zolari - bularning barchasi u ayol ekanligiga ishora qilardi", - deya tushuntiradi onkolog Anupam Dutta. Medik bu juda noyob holat ekanligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimyoviy terapiyadan o‘tmoqda, holati stabil. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi