
Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi erkak Ed Falkoner Reynbou-Bich shahri yaqinidagi suv havzasiga baliq ovlashga borgan hamda bahaybat uch chiziqli lutsian balig‘ini tutib oldi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Foto: EPA
Erkak baliqni suvdan olib chiqish uchun 20 daqiqa vaqt sarflagan. O‘ljaning og‘irligi 22 kilogramm, uzunligi esa 104 santimetr edi.
Avstraliyalik erkakning qayd etishicha, u 30 yildan beri baliqchilik qiladi. U shu paytgacha tutgan eng yirik baliqning og‘irligi esa 19 kilogramm bo‘lgan.
«Bu juda ajoyib baliq ovi bo‘ldi. Bunday katta baliqni tutish esa har bir baliqchining orzusi», — deydi Falkoner.
U baliqni mahalliy baliqchilik boshqarmasiga tadqiqot uchun berishini aytgan.
«Mutaxassislar baliqning boshidan ma’lum suyakni olib, shu tarzda uning yoshi hamda boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi», — deydi Falkoner. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar