
Foto: «Depositphotos»
Berlindagi «Sharite» universiteti tibbiyot majmuasi hamda Garvard universiteti professori Tobias Kurt nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari nisbatan kamligini tushuntirib berdi.
Germaniyada COVID-19dan o‘lim holatlari 1 million aholiga 108 tani tashkil etadi.
Tobias Kurt aniqlik kiritishicha, avvalo, Germaniya koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurgandi (Italiya va Ispaniyadan farqli ravishda — tahr.).
Professor yana bir jihatga e’tiborni qaratdi, bu madaniyat va jamiyat qurilishidagi tafovutlar. Germaniyada bir oilaning turli avlodlari kamdan-kam holatlarda bir uyda yashashadi.
Janubiy Yevropa mamlakatlarida esa doim oilalar katta bo‘lgan, keksalar nevaralar ardog‘ida yashab kelishadi. Afsuski, ushbu qadriyat koronavirusning asosiy qurollaridan biriga aylandi — ko‘chadan kasallikni yuqtirib kelgan bir kishi butun oilasini kasal qilishi mumkin.
GermaniyaCOVID-19Tobias KurtSharite UniversitetiKoronavirus EpidemiyasiMadaniyat Tafovutlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar