Roman Putin.
Foto: «Wikipedia»
Rossiya prezidenti Vladimir Putining jiyani — FXX sobiq xodimi, tadbirkor Roman Putin o‘z partiyasini boshqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda «Mk.ru» xabar berdi.
Ma’lumot: Roman Igorevich Putin — 1977 yilning 10 noyabr kuni tug‘ilgan. RF prezidenti Vladimir Putinning Ryazandagi amakisi — Aleksandr Spiridonovich Putinning nevarasi.
5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan s’ezdda Roman Putin partiya yetakchisi sifatida tanishtirilishi «Xalq korrupsiyaga qarshi» (!) siyosiy tashkiloti saytida ma’lum qilingan. Qo‘shimcha qilinishicha, Roman Putin jamoat va siyosiy ishlarda katta tajribaga ega, yaxshi tadbirkorligi «korrupsiyaga qarshi faoliyatga yangi kuch beradi».
Putinning jiyani o‘z siyosiy harakatiga asos solishi haqida mart oyida ma’lum bo‘lgandi. O‘z navbatida, uning partiyasi bundan sal avval biznes vakillari asos solgan «Lyudi dela» harakati bazasida tuzilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Endilikda partiya sayti Roman Putin uning safiga 21 kuni qo‘shilganini yozyapti.
Bugun Rossiyada yangilangan Konstitutsiya kuchga kirgani to‘g‘risida xabar bergandik. «Yangilangan Putin» bilan birga «Yangi Putin» ham siyosiy sahnaga ko‘tarilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ular shunchaki familiyadoshmas, taqdimot sanalari ham qiziq... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi