Foto: «Imp-navigator.livejournal.com»
Eronda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi: bir kecha-kunduzda 163 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari ma’lum qilgan.
Bundan oldingi antirekord 29 iyun kuni qayd etilgandi — o‘shanda 162 kishi vafot etgan.
«IRINN» telekanali efirida sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda 2560 kishida koronavirus aniqlangan, 163 kishi olamdan o‘tgan.
19 fevralda hukumat tomonidan birinchi marta COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqidagi xabar e’lon qilingandan beri umumiy kasallanganlar soni 240 438 kishiga yetgan, ulardan 11 571 nafari vafot etdi. Shu paytgacha 201 330 kishi tuzalgan.
14 iyun kuni Eronda ikki oydan ortiq vaqt davomida ilk bor koronavirus tufayli 100 dan ortiq o‘lim qayd etildi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta 13 aprelda qayd etilgandi.
Iyun oyining boshlarida Eronda karantin qoidalari yumshatilib, ommaviy yig‘ilishlar ko‘paygandan so‘ng koronavirus tarqalishi avj oldi.
Epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan Eron hukumati 5 iyuldan mamlakatning koronavirus keng tarqalgan hududlarida, jamoat joylarida va yopiq xonalarda niqob taqishni majburiy qilib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi