2 053
AQSH Maxfiy xizmati koronavirus pandemiyasi tufayli paydo bo‘lgan yuzlab kiberfiribgarlik usullarini fosh etdi
Foto: Fotolia
AQSH Maxfiy xizmati kiberfiribgarlikka qarshi alohida guruh tuzishini e’lon qildi. Xizmatning axborot bayonnomasida shu haqda so‘z bormoqda.
“Kiberkengliklarda va an’anaviy moliyaviy jinoyatlar o‘zaro uyg‘unlashib borayotgani munosabati bilan AQSH Maxfiy xizmati Elektron jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus guruh va Moliyaviy jinoyatlarga qarshi maxsus guruhni Kiberfiribgarlikka qarshi maxsus guruh nomi ostida birlashtirishga qaror qildi”, - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, kiberkengliklarda moliyaviy jinoyatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha mart oyidan buyon o‘tkazib kelingan ishlar ajoyib natijalarni taqdim etgan. Xususan, xizmat yangi koronavirus kasalligi tufayli kelib chiqayotgan yuzlab firibgarlik faoliyatiga barham berish, internet orqali o‘g‘irlangan koronavirus infeksiyasi uchun testlarning noqonuniy savdosining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Endilikda, mazkur faoliyatga Qo‘shma Shtatlar hududida 42 bo‘linma, shuningdek, Rim va Londondagi qarorgohlar jalb etilgan. Maxfiy xizmat kelgusida idoralari sonini dunyo bo‘ylab 160tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi