
Foto: RBK
Masofaviy ta’limni tanqid qilgan AQSH prezidenti Donald Tramp bo‘lg‘usi o‘quv yilida maktablarni ochish kerakligini yana bir bor talab qildi.
«Masofadan o‘qitishni maktabdagi yoki kampusdagi tahsil bilan aslo solishtirib bo‘lmaydi. O‘quv muassasalari kuzda ochilishi shart. Agar ochilmas ekan, nega unda federal hukumat ularni moliyalashtirishi kerak? Moliyalashtirmaydi!», — deb yozdi Tramp «Twitter»dagi sahifasida.
Koronavirus pandemiyasi oqibatida AQSHdagi deyarli barcha maktablar mart oyida yopilgan va o‘quv yili shu tariqa yakuniga yetgandi. Yangi o‘quv yilida maktablar ochiladimi yoki ta’lim masofadan davom ettiriladimi — hozircha hech kim bilmaydi.
Maktablarni ochish qarori shtatlar okruglari doirasida qabul qilinadi. Xususiy maktablar va universitetlar, amaldagi qoidalar va shtatlarning talablaridan kelib chiqib, ochilish-ochilmaslik borasida mustaqil qarorga keladi.
Tramp maktablarni ochish borasida gubernatorlarga bosim o‘tkazish niyati borligini seshanba kuni ma’lum qilgandi.
Manba: Xabar.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.