
Foto: «News.myseldon.com»
AQSH bir kunda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb yozadi «Bloomberg» agentligi.
O‘tgan bir kecha-kunduzda jami 71 389 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Oldingi kun bilan taqqoslaganda kunlik kasallikka chalinish ko‘rsatkichi 2,3 foizga ko‘paygan.
O‘tgan hafta davomida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,9 foizni tashkil etgandi. Ta’kidlanishicha, mamlakatda koronavirus tufayli o‘lim darajasi 0,1 foizga oshgan.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 3,24 million kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, ulardan 134,7 ming nafari infeksiya qurboniga aylandi. 995,6 ming nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Manba: Xabar.uz
AQSHKoronavirusRekord O‘rnatdiJons XopkinsKasallik StatistikasiO‘lim Darajasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar