
Foto: Daily Mirror
Kolumbiyada tirik erkak o‘likxonaga yuborildi, keyin esa uni u yerdan chiqarishni istashmadi, deb yozadi Daily Mirror.
Kolumbiyaning Sinselexo shahrida yashovchi 67 yoshli erkak Xuan Xose Munos Romero yuqori qon bosimi bilan kasalxonaga yotqizildi. Tibbiy muassasaga olib kelinganidan bir necha kun o‘tib, erkakning oilasiga uning vafot etgani aytilgan.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan erkakning jasadini qarindoshlariga berishmagan. Romeroning qizi yashirincha o‘likxonaga kirgan hamda otasining o‘ziga kelganini ko‘rgan.
Ayol otasini uyga olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq o‘likxona xodimlari erkakning tirilganiga ishonmay, uni chiqarishdan bosh tortgan. Qizga otasining tirikdek tuyulganini esa o‘limdan keyin kuzatiladigan fiziologik reaksiyalar deb izohlashgan.
Ayol otasini baribir olib ketgan. Hozirda u boshqa shifoxonada davolanmoqda.
KolumbiyaQon BosimiO‘likxonaTirik ErkakXuan XoseTibbiy Muassasa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar