13:20 / 16.07.2020
2 199

Amerikalik xonanda Merayya Keri ovozi kuchi bilan shisha «butilka»ni qulatib yubordi (video)

Amerikalik xonanda Merayya Keri ovozi kuchi bilan shisha «butilka»ni qulatib yubordi (video)
Foto: Reuters
Amerikalik taniqli xonanda Merayya Kerri ovozi kuchi bilan shisha idishni ag‘darib yuborgani aks etgan videoni Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

Videoda qora kiyimdagi xonandaning «butilka» oldida turganini ko‘rish mumkin. U idishni qo‘l harakatlari bilan ag‘darishga intilayotgandek tuyuladi, biroq buning o‘rniga u yuqori notani oladi, shundan so‘ng «butilka» qulab ketadi.

Xonandaning aytishicha, bu 2019 yilda ommalashgan Bottle Cap Challenge uchun tayyorlangan video dubllaridan biri. Ushbu chellenj doirasida ishtirokchilar «butilka» qopqog‘ini oyoq zarbasi bilan ochgan edi. Xonanda esa ushbu harakatni ovozidan foydalanib amalga oshirgan. Ushbu dublda esa «butilka»ning qopqog‘i o‘rniga uning o‘zi yerga tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik xonanda Merayya Keri ovozi kuchi bilan shisha «butilka»ni qulatib yubordi (video)