Foto: «Noticia.ru»
Ispaniya shimoli-g‘arbidagi Asturiya hududida butun bir qishloq sotuvga qo‘yildi. Ikki yil oldin manzilgohni 2,37 million yevroga sotishni niyat qilishgandi. Endi sotuvchi uning bahosini 1,87 million yevroga tushirib, katta chegirma qilishga rozi bo‘lgan, deya xabar berdi «Noticia.ru».
Qishloqning atrofi dala va o‘rmonlar bilan o‘ralgan. Mahalliy uylarning derazalaridan Pikos-de-Europa tog‘ tizmasining go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin. Xaridor 13 gektar yer va umumiy maydoni qariyb ming kvadrat metrdan ziyod binoni qo‘lga kiritadi. Qishloqda jami 12 ta uy bor — aksariyati yaxshi holatda, taxminan 20 yil muqaddam ta’mirlangan.
Bundan tashqari, qishloqda 12 ta qurilish maydoni va katta avtoturargoh joylashgan. Ayni vaqtda manzilgoh 48 nafar sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi