15:02 / 23.07.2020
2 306

«Universitet men uchun xobbi»: Indoneziyalik talaba 20 yilda 32 ta diplomga ega bo‘ldi

«Universitet men uchun xobbi»: Indoneziyalik talaba 20 yilda 32 ta diplomga ega bo‘ldi
Foto: CNBC Indonesia
Indoneziyada 39 yoshli Velina Kusumi 20 yildan buyon o‘zining noodatiy xobbisi bilan shug‘ullanib keladi. U o‘qishni va diplom olishni yaxshi ko‘radi, deb xabar beradi CNCB Indonesia.

1999 yilda 18 yoshli Kusumi Surabayi universitetining sanoat loyihalari mutaxassisligi bo‘yicha diplomni olgan. Shundan buyon u ta’lim olishni to‘xtatgani yo‘q.

«Universitet men uchun xobbi, menga rostdan ham o‘qish yoqadi. Ishonchim komilki, universitetga kirib amaliy ma’noda foyda bergan ko‘plab bilimlarni oldim», — deydi Kusuma.

Foto: CNBC Indonesia
Uning yutuqlari orasida: 11 yo‘nalish bo‘yicha bakalavr darajasi, uchta magistirlik darajasi va 18 ta professionallik sertifikatlari mavjud.

Kusumining ta’kidlashicha, u maktab davridanoq o‘qishga qiziqib kelgan va umumta’lim dasturida mavjud bo‘lmagan ko‘plab kurslarga qatnagan: kompyuter, buxgalteriya hisobi va ingliz tili.

Foto: CNBC Indonesia
«Abadiy talaba» hatto bir semestrdagi o‘quv soatlari soni bo‘yicha mamlakat rekordini ham yangilagan.
Hozirda Kusuma o‘qishni davom ettirmoqda: u matematikani o‘rganyapti. Talabaning ta’kidlashicha, moliyaviy tahlilchi bo‘lib ishlagani uchun bu boradagi bilimlar unga juda qo‘l keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Universitet men uchun xobbi»: Indoneziyalik talaba 20 yilda 32 ta diplomga ega bo‘ldi