Foto: CNSA
Xitoyning Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan “Tyanven-1” (Samoga savollar-1) zondi Yer va Oyning sayyoramizdan 1,2 mln km uzoqlikdan olingan umumiy suratini jo‘natdi.
Suratda Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi – Oy yarim to‘lishgan ko‘rinishda tasvirlagan.
Xitoyning milliy kosmik agentligi CNSA’ning xabar qilishicha, surat zond fazoga uchirilgandan 3 kun o‘tgach 1,2 mln km masofadan olingan.
Qurilma fazoga 23 iyulda Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan “Chanjchen-5” raketasi yordamida uchirilgan. Ayni vaqtda u Qizil sayyoragacha bosib o‘tishi kerak bo‘lgan 55 mln kmlik masofadan 1,5 mln kmdan ko‘prog‘ini uchib o‘tdi.
Zondning Marsgacha parvozi 6-7 oy vaqt olishi va u Qizil sayyoraga taxminan 2021 yil fevralda yetib borishi kutilmoqda. Shundan keyin qurilma Mars orbitasiga chiqib, may oyida unga qo‘nish uchun joy tanlash bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zond Qizil sayyoraga qo‘ngach, 3 oy davomida unda ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Xitoyning Marsni o‘rganish bo‘yicha ilk missiyasi muvaffaqiyatli kechsa, olimlar Qizil sayyoraning atmosferasi, relefi, geologik xarakteristikalari, magnit maydoni xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, missiyaning asosiy maqsadi Qizil sayyorada hayot izlarini izlashdan iborat hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi