2 049
AQSH yangi Perseverance marsoxodini uchirdi. U Marsning o‘tmishdagi hayot izlarini qidiradi (video)
Kadr: NASA
NASA Perseverance nomli yangi marsoxodini uchirdi. Bortiga mazkur apparat o‘rnatilgan Atlas V raketa-tashuvchisi orqali Kanaveral sahrosidan uchirildi. Raketaning uchish jarayoni NASA saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.
Missiya rejasiga ko‘ra, rover 2021 yilning 18 fevralida Mars yuzasiga borib qo‘nishi kerak. Missiyani amalga oshirish uchun jami 2,1—2,7 milliard dollar sarflanishi kutilmoqda.
Perseverance Marsning o‘tmishdagi mikrobiologik hayot shakli alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadi. U tuproq namunalarini to‘playdi (uni 2028 yilda Perseverance yoniga qo‘nadigan boshqa bir apparat olib ketadi), shuningdek, sayyoraning iqlimi va ob-havosini o‘rganadi.
Bundan tashqari, rover Marsga kelajakda Oy yuzasiga, keyinchalik Marsga qo‘nadigan odamlar uchun skafandr tayyorlashda ishlatiladigan materiallar namunasini olib ketadi. Muhandislar Mars sharoiti namunalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tekshirish niyatida.
Shuningdek, birinchi bor Marsga sinov vertolyot droni yetkaziladi. Hozirga qadar Marsga oid biror missiyada atmosferada uchishga qodir apparatlardan foydalanilmagan. Dron yordamida shu turdagi parvozlar texnologiyasini yaratish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?