Foto: nur.kz
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Qayd etilishicha, endilikda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar jamoat joylarida, jamoat transportida tibbiy niqob taqmasligi mumkin.
Bundan tashqari, ochiq havoda ijtimoiy masofa saqlagan holda sport bilan shug‘ullanayotganlar uchun ham niqob taqish majburiy emas deb belgilandi. Qozog‘istonda 30 iyuldan ko‘chada niqob taqish majburiy etib belgilangandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ushbu qoida barchaga birdek taalluqli ekanligini aytgandi.
Yaponiyalik shifokorlarning fikricha, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar himoya niqobi taqishlari mumkin emas – niqob ularning sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi