
Mixail Murashko.
Foto: RBK
Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya bepul amalga oshiriladi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, bu haqda RF sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qilgan.
«Koronavirusga qarshi vaksinatsiya xarajatlari to‘liq budjetdan qoplanishi rejalashtirilgan. Vaksinatsiyalash tartibi esa barchaga ma’lum — rejali bo‘ladi», — dedi Murashko jurnalistlarga.
Oldingi xabarlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyalash oktabr oyida boshlanishi kutilyapti, Gamaleya markazi tayyorlagan vaksinaning klinik sinovlari nihoyasiga yetgan, hozirda uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.