Foto: «Profile.ru»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruh rahbari Mariya Van Kerkxove Vetnam hukumatining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarini yuqori baholab, bu mamlakatni boshqa davlatlarga namuna qilib ko‘rsatdi.
«Ular tez va keng qamrovli harakat qiladi. Ularda kasallik tarqalishini nazoratga olishga yordam beradigan tizim mavjud. Ana shuni biz hamma davlatlarda ko‘rishimiz kerak», — dedi matbuot anjumanida Mariya Van Kerkxove.
Uning fikricha, Vetnam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda katta tajribaga ega.
«Mamlakatda o‘lim darajasi past, juda kam yuklamani boshidan kechirdi. Ular virus tarqalishiga hech qanday imkon qoldirmaydi va katta talafotlarning oldini olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi», — dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur direktori Maykl Rayan Vetnamda yangi koronavirus tarqalishi haqida to‘xtalar ekan.
Xabarlarga ko‘ra, Vetnamda yangi koronavirus tarqalish o‘chog‘iga aylangan Danang shahar hokimiyati aholining hammasini — taxminan 1,1 million kishini COVID-19ga tekshirishni rejalashtiryapti.
31 iyul kuni Vetnamda pandemiya davrida koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda koronavirus aniqlangandan so‘ng uch oy o‘tib dengiz bo‘yidagi Danang shahrida infeksiya paydo bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi