
Foto: «Gazeta.Ru»
Rossiyada sinovdan o‘tgan vaksina ro‘yxatdan o‘tishiga taxminan 10 kun ketadi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) bosh direktori Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
«Ushbu vaksina Rossiyada 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishini kutyapmiz. Albatta, jarayonlar sog‘liqni saqlash vazirligi nazorati ostida o‘tadi, ular sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari ilk natijalarini olishdi. Ko‘rishyaptiki, natijalar juda yaxshi», — dedi Dmitriyev.
«Shuning uchun ham vaksina Rossiyada ro‘yxatga olinishini kutyapmiz. Agar bu ish yaqin 10 kun ichida yuz bersa, biz nafaqat AQSH, balki boshqa mamlakatlardan ham ilgarilab ketamiz. Bu koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi ilk vaksina bo‘ladi», — qo‘shimcha qildi fond bosh direktori. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar