
Foto: «Mk.ru»
BAAning shimoli-g‘arbidagi Ajman shahrida katta yong‘in kelib chiqdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqea joyidan videoni suratga olishgan.
Kadrlarda osmonga tutashgan ulkan qora tutunni ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, katta bozor yonmoqda. Yong‘in sabablari va jabrlanuvchilar haqida hali xabar berilmagan. Birlashgan Arab Amirliklari ommaviy axborot vositalarining yozishiga qaraganda, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari allaqachon hodisa joyiga yetib kelishgan. Ular yong‘inni o‘chirishga urinishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar