11:30 / 12.08.2020
4 933

Amerikalikning kir mashinasidan ulkan ilon chiqdi

Amerikalikning kir mashinasidan ulkan ilon chiqdi
Foto: «Yandex»[sup][/sup]
Floridada mahalliy fuqaro kir mashinasida pitonga duch keldi, deya xabar berdi «UPI».
Yaqinda Konnektikutdan Uest-Palm-Bichdagi kvartirasiga ko‘chib o‘tgan Emili Visnik uyida shaxsiy kir yuvish xonasi borligini, lekin kir mashinasiga reptiliya qanday kirib qolganini bilmasligini so‘zlab berdi.

U mashinaning yoniga kelganda, ichidagi ilon terisidan qandaydir buyum borligini ko‘rib qolgan: «Kim bunday buyumni yuvishga tashladi ekan?»
«O‘sha «kiyim»ni olganimni bilaman, birdan qo‘limdagi buyum qimirlay boshladi. Ulkan ilonni ko‘rib qichqirib yubordim», — deydi Emili.

Ayol shu zahoti hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ular ilonning quvur orqali sudralib kirganini aytishdi. Zobitning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shu uyda avvalroq qo‘shnisi ventilyatsiya tizimi orqali sudralib yurgan ilon vishillashiga o‘xshash tovushlarni eshitganini xabar bergandi.

«Yaqinda pastki qavatda yashovchi qo‘shnim resepshnga tushib, ventilyatsiya tizimida vishillaydigan tovushlarni eshitganini aytgan», — dedi Visnik. Mutaxassislar ilonni tutib, uydan olib ketishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalikning kir mashinasidan ulkan ilon chiqdi