Ayni paytda dunyoning asosiy muammosi yadroviy qurollanish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishish hisoblanadi. Bu haqda radioefirda qatnashgan AQSH prezidenti Donald Tramp fikr bildirdi, deyiladi Islam-today xabarida.
«Ayni paytda biz yadroviy qurollanish yuzasidan Rossiya bilan paktga erishish bo‘yicha ishlayapmiz. Bugun bu yirik, butun dunyoga tegishli muammo sanaladi», - dedi Tramp. Oq uy rahbarining aytishicha, «Rossiya ham shuni xohlayapti» va shu boisdan «ortga chekinmayapti» hamda mazkur holat «yaxshi» deya baholanmoqda.
O‘tgan yilning oktabr oyida Tramp AQSH, Rossiya va Xitoy yadro qurollari ishlab chiqarishni cheklash bo‘yicha uch tomonlama kelishuvga erishish zarurligini ta’kidlagan edi. Bu kelishuv 2021 yilda muddati tugaydigan Strategik hujum quorllarini qisqartirish haqidagi shartnomaning o‘rinini egallashi ko‘zda tutilgandi.
O‘z navbatida rasmiy Pekin tomoni Moskva va Vashington bilan uch tomonlama muzokaralarda qatnashmasligini bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"