
Frontier in Public Health jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, amerikalik olimlar koronavirusning birinchi alomatlarining namoyon bo‘lish tartibini aniqlashdi.
Ta’kidlanishicha, belgilar boshlanishining aniq ketma-ketligini aniqlash maqsadida COVID-19ni yuqtirib olgan 55 mingdan ortiq bemorlarning tibbiy ma’lumotlari tahlil qilingan.
Shundan kelib chiqqan tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlarda avval isitma, keyin yo‘tal, unga qo‘shimcha ravishda esa mushaklarda og‘riq paydo bo‘ladi, keyin esa ehtimollik bilan ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish va diareya yuzaga kelishi mumkin.
Ayni paytda olimlar ushbu izlanish natijalari koronavirusni o‘z vaqtida aniqlash va malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga yordam berishiga ishonishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar