17:02 / 23.08.2020
2 139

Maxatma Gandining ko‘zoynagi 340 ming dollarga sotildi

Maxatma Gandining ko‘zoynagi 340 ming dollarga sotildi
Foto: dpa
Zamonaviy Hindiston asoschisi Maxatma Gandiga tegishli bo‘lgan ko‘zoynak Britaniyada 260 ming funt sterlingga (340 ming dollar) sotildi.
Tilla suv yugurtirilgan gardishga ega ko‘zoynak East Bristol Auctions auksion uyidagi kimoshdi savdosi vaqtida rekord qiymatga sotilgan.

Ko‘zoynakning oxirgi egasiga uni amakisi sovg‘a qilgan. U esa o‘z navbatida ko‘zoynakni Janubiy Afrikada 1910 yildan 1930 yilgacha faoliyati davomida shaxsan Gandining o‘zidan olgan.

Ko‘rinishicha, ko‘zoynaknining egasi uning qanchalik yuqori qiymatga ega ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lmagan va u uchun katta summa olishga umid qilmagan. U shunchaki ko‘zoynakni konvert ichiga solib, auksion uyining pochta qutisida “Bu ko‘zoynak Gandiga tegishli bo‘lgan, menga qo‘ng‘iroq qiling” degan yozuv bilan qoldirib ketgan. Erkakning keyinroq tan olishicha, u auksion uyiga ko‘zoynak “hech narsaga yaramasa, uni tashlab yuborishi mumkinligini” aytgan.

Ehtimol, bu ko‘zoynak bizda bo‘lgan eng mashhur ko‘zoynak va eng qimmatli tarixiy buyum hisoblanadi. Men ko‘zoynak egasiga u chamasi 15 ming funt sterling (20 ming dollar) turishi mumkinligini aytganimda, u menga esankiraganidan stulidan yiqilib tushgandek tuyuldi”, deb aytgan auksion uyi vakili Endryu Stouv.

Natijada esa ko‘zoynak dastlabki baholangan narxidan 17 karra qimmatroqqa sotilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maxatma Gandining ko‘zoynagi 340 ming dollarga sotildi