09:50 / 30.08.2020
2 200

Yaponiya virus blokatorlarining samarasizligini ma’lum qildi

Yaponiya virus blokatorlarining samarasizligini ma’lum qildi
Foto: Optlist.ru
Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi koronavirusdan saqlanish uchun taqish kerak bo‘lgan virus blokatorlari samarasiz degan xulosaga keldi, deb xabar berdi NHK telekanaliga tayanib «RIA Novosti».

Boshqarma blokatorning samarali ekanligi haqidagi da’vo hech qanday oqilona asosga ega emasligini ta’kidladi.
Avvalo, gap o‘z veb-saytida fevral oyida koronavirus infeksiyasining oldini olish vositasi sifatida blokator haqida ma’lumot joylashtirgan TOA Industry Co. Ltd kompaniyasining mahsulotlari haqida bormoqda.

Eksperimentlar natijalari bo‘yicha kompaniya tomonidan berilgan ma’lumotlar juda cheklangan bo‘lib chiqdi. Ularning tajribasi faqat yopiq hududlarda o‘tkazilgan.

Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi blokatorlarning samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchilarni chalg‘itadi degan fikrga kelgan.
Blokatorlarni targ‘ib qilgan kompaniya afsusda ekanini bildirgan. Ishlab chiqaruvchi «rasmiy protseduralar orqali adolat» o‘rnatishga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya virus blokatorlarining samarasizligini ma’lum qildi