Foto: RIA "Novosti"
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning matbuot xizmati prezident o‘z qarorgohida ekanini ma’lum qildi. Buning isboti sifatida Lukashenkoning Mustaqillik saroyida bronejilet kiygan va qo‘lida avtomat bilan tasvirlangan surati namoyish qilingan.
Ta’kidlanishicha, ushbu surat namoyishchilar saroy oldiga kelishgan vaqtda, mahalliy soat bilan 16da olingan.
Lukashenko o‘tgan yakshanba, 23 avgustdagi namoyishlar vaqtida o‘z qarorgohiga vertolyotda kelgani videosi tarqalgandi. Belarus prezidenti o‘shanda ham bronejiletda va qo‘lida avtomat bilan bo‘lgan.
30 avgustda Minskda Mustaqillik saroyi oldida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi 125 namoyishchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. Prezident qarorgohiga BTRlar kelgani, shahar markaziga BMPlar kolonnasi yo‘l olayotgani ma’lum qilingan. Saroy tomida qurollangan kishilar, taxminlarga ko‘ra, snayperlar payqalgan.
29 avgustda Minskda ko‘p minglik ayollar marshi bo‘lib o‘tgandi. Namoyishchilar kuch xizmatlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan zo‘ravonlikka qarshi chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi