Foto: «In.pinterest.com»
Taylandning Pxayau provinsiyasi politsiyachisi bambuk kalamushlari tufayli boyib ketdi. Ularni o‘zi boqib katta qildi va yaxshi pulga sotdi. Bu haqda «AsiaOne» xabar berdi.
Ikki yil oldin Sombun Nantapit bambuk kalamushlariga bo‘lgan ehtiyojning ortganini payqab qoldi — mushuk kattaligidagi Osiyo kemiruvchilari uy hayvoni sifatida boqiladi. U politsiya maoshiga qo‘shimcha sifatida pul ishlab topish uchun bu jonivorlarni ko‘paytirib, xohlovchilarga sotishga qaror qildi.
O‘shandan buyon Nantapit o‘ttizga yaqin bambuk kalamushini boqib katta qildi. Uning aytishicha, har bir juft bolasi 3-4 ming batga (1-1,2 mln so‘m atrofida) baholanadi. Kattalarini esa ko‘paytirish uchun 10 — 15 ming batga (3-5 mln so‘m atrofida) sotib olishadi.
Kichik bambuk kalamushlari Himolaydan Bangladeshgacha, Myanma, Tayland va Laosdan Vetnam shimoligacha uchraydi. Ularning uzunligi 25 santimetrgacha yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi