Foto: kyodonews.net
Kioto san’at universiteti olimi Masako Sasaki antiqa himoya niqobini ishlab chiqdi. Unda viruslar yuqishi haqida qayg‘urmagan holda ovqatlanish mumkin.
Niqob qog‘ozdan ishlangan ushlagichdan iborat bo‘lib, u niqobga ipsiz mahkamlangan. Niqobni bir qo‘lda ushlab og‘iz-burun yopib turiladi. Bunda tanovul vaqtida niqobni yechib turishga hojat bo‘lmaydi.
“Biz noqulaylikni kamaytiruvchi buyum ishlab chiqishni istagandik”, deb aytgan olim.
Avgust oxirida 20ga yaqin kishi, jumladan mehmonxona va restoran biznesi xodimlari yangi niqobni taomlarni degustatsiya qilish vaqtida sinab ko‘rishgan. Ular niqobni qulay deb topishgan va unda o‘zlarini xavfsiz his qilishgan.
“Maska juda samarali, chunki undan maqsad nafas yo‘liga tomchilar tushishini kamaytirish hisoblanadi. Ushbu niqob normal hayotga qaytishning yo‘llaridan biri bo‘ladi”, deb aytgan sinovlarda ishtirok etgan olim Takayuki Miyadzava.
Biroq sinovlar ishtirokchilaridan biri ovqatlanish vaqtida bir qo‘l doim niqobni ushlash bilan band bo‘lishi noqulaylik tug‘dirishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”