23:10 / 07.09.2020
3 742

Dunyodagi eng issiq cho‘llaridan birida yangi hayvon turi topildi

Dunyodagi eng issiq cho‘llaridan birida yangi hayvon turi topildi
Deshte-Lut – Yerdagi eng issiq cho‘l bo‘lib, bu joy uchun harorat ko‘rsatkichi 80,3 darajani tashkil qiladi.
Ammo ob-havo sharoitidan tashqari, cho‘l o‘zining kattaligi bilan hayratlanarli, uning maydoni butun mamlakatni qamrab olishi mumkin, masalan, Shveysariyani.

Aynan Deshte-Lutda olimlar chuchuk suvli qisqichbaqasimonlarning yangi turlarini kashf etdi.
Kashf etilgan organizm Phallocryptus turiga mansub bo‘lib, biologlar unga Phallocryptus Fahimii deb nom berishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ulardan faqat to‘rt turi ilgari qurg‘oqchil mintaqalarda yashashi ma’lum bo‘lgan.
Doktor Xusseyn Rajay va doktor Aleksandr V. Rudov ushbu kashfiyotni cho‘l ekologiyasini, biologik xilma-xillikni, geomorfologiyani va paleontologiyani yaxshiroq o‘rganish uchun boshlagan ekspeditsiya paytida amalga oshirdilar.

Doktor Rajayning aytishicha, yangi tur cho‘lning janubiy qismidagi kichik mavsumiy ko‘lda topilgan.
Ekspeditsiya paytida bunday g‘ayrioddiy joy har doim ko‘proq e’tiborni tortadi, ayniqsa, suv haqida gap ketganda. Ushbu issiq va quruq muhitda qisqichbaqasimonlar kashf etilishi haqiqatan ham, shov-shuvli xabar“, – deb yozadi Rajay.

Ilgari Avstraliya cho‘llaridan shu kabi qisqichbaqasimonlar bilan ishlagan doktor Shventner quyidagilarni qo‘shimcha qildi.
Bu qisqichbaqasimonlar o‘nlab yillar davomida quruq cho‘kindilarda yashab, nam mavsumda chiqadilar.
Ular cho‘l sharoitida hayotga mukammal moslashgan. Ularning Deshte-Lut cho‘lida ham omon qolish qobiliyati ularning chidamliligini anglatadi
”.

Olimlarning ta’kidlashicha, cho‘lda yillik yog‘ingarchilik yiliga 30 millimetrdan oshmaydi, bu faqat ushbu turdagi hayvonning og‘ir cho‘l sharoitida omon qolish uchun ajoyib qobiliyati borligidan dalolat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng issiq cho‘llaridan birida yangi hayvon turi topildi