Bugungi kunda dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ustida ishlar olib borilmoqda, ulardan 35 tasi odamlarda sinalmoqda. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
“Hozirda 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda va ulardan 35tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Hali tarixda biror-bir kasallikka nisbatan bunday tez tadqiqotlar bo‘lmagan”, deb ta’kidlab o‘tgan Gebreyesus.
Uning ta’kidlashicha,ushbu raqamlar oxirgi vaqtda fan va texnologiyada yuz bergan aqlbovar qilmas taraqqiyotdan darak beradi.
JSST rahbari vaksinani iloji boricha ko‘proq odam foydalana oladigan qilishga chaqirgan. U “vaksina bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar va millatchilik” infeksiyaga qarshi vositalardan foydalanishda hamma teng bo‘lishini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Gebreyesusning aytishicha, uni dunyoda pandemiyani to‘xtatishda yakdillik yo‘qligi hammasidan ko‘ra tashvishlantiradi va bu uning fikricha, bugungi kundagi eng “katta sinov” hisoblanadi.
“Oramizda yakdillik yo‘q bo‘lganda va biz tarqoq bo‘lganda, bu virus uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Mana, nima uchun u hamon tarqalmoqda. Bu meni tashvishlantirmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST rahbari.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 28,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 913 mingdan oshib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi