Foto: RT
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, birinchi va ikkinchi faza doirasida ko‘ngillilarni emlash o‘tkaziladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buning uchun ruxsat bergan. «Ko‘ngilli sifatida 244 kishi ishtirok etishi mumkinligiga qaramasdan, ilmiy-tadqiqot institutiga qisqa vaqt ichida xohlovchilardan ko‘plab arizalar kelib tushgan. E’lon berilganidan bir necha kun o‘tgach biz qabulni to‘xtatishga majbur bo‘ldik», — deyiladi xabarda.
Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, 26 iyul kuni QazCovid-in vaksinasini dastlab yetti, keyin 20 nafar tadqiqotchi olim qabul qilgan. Ularda o‘suvchi immunitet shakllangan, tahlillar natijalari vaksinaning xavfsizligini va yuqori immunogenlikka ega ekanligini ko‘rsatgan. Vaksinani qabul qilgan xodimlar hozirgi paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va ishini davom ettirmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 15 may kuni Qozog‘istonda yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritgan. 29 avgustda esa mazkur vaksina klinik sinovlarga ruxsat berilgan vaksinalar qatoridan o‘rin olgan.
Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1 avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargan shaxs — Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bo‘lib o‘zida sinovdan o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi