AQSH hukumati tomonidan Huawei korporatsiyasiga nisbatan yangi sanksiyalarning qo‘llanilishiga javoban Xitoy kompaniyalari ham ma’lum bir tartiblarni joriy etdi. Ular vatanparvarlik namoyon etib, o‘z xodimlarini amerikaliklarning mahsulotlaridan foydalanmaslikka chaqirishmoqda.
Jumladan, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. kompaniyasi o‘z xodimlari uchun yangi qoidalar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu qoidalar ro‘yxati qisqa va aniq:
- Barcha xodimlar iPhone ishlatishni to‘xtatishlari shart;
- Endi iPhone sotib olgan har qanday xodim ishdan bo‘shatiladi;
- Huawei telefonlaridan xarid qilganlarga kompaniya 15 foizlik kompensatsiya to‘laydi.
Shuningdek, Apple smartfonlaridan tutayotgan xodimlar 30 kun ichida uni istalgan bir xitoylik ishlab chiqaruvchining telefoniga almashtirishlari lozim. Aks holda bunday xodim o‘z vazifasidan ozod qilinadi.
Mydrivers nashrining yozishicha, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. – o‘z xodimlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilar telefonlariga o‘tishni talab etayotgan yagona kompaniya emas. Ayrim hollarda esa ish beruvchilar aynan Huawei smartfonlarini sotib olishga da’vat etishyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)