2 266
Si Szinpin BMTda COVID-19’ni siyosiylashtirishga qaratilgan urinishlarni to‘xtatishni so‘radi
Mamlakatlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda birlashishi va pandemiyani siyosiylashtirishga qaratilgan urinishlarning oldini olishi kerak. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. Translyatsiya tashkilotning YouTube’dagi sahifasida amalga oshirildi.
«Virusga duch kelib, biz birdamlikni mustahkamlashimiz va u bilan birgalikda kurashishimiz kerak. <...> Bu masalada siyosiylashtirish yoki tamg‘alashga qaratilgan har qanday urinishlar rad etilishi kerak», - dedi XXR raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virusni yengish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning yetakchi rolini targ‘ib qilish va xalqaro javob mexanizmini ishga tushirish kerak.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasidagi nutqida navbatdagi marta Xitoyni koronavirus pandemiyasi uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Tramp Pekinni virus tarqalishining erta bosqichlarida Xitoydan amalga oshiriluvchi xalqaro aviareyslarni taqiqlamaganlikda va shu tariqa virusni butun dunyoga tarqatishda ayblagan. Bundan tashqari, AQSH prezidenti Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini ham tanqid qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin