20:20 / 25.09.2020
3 808

Qayig‘ini yo‘qotgan erkak uch kun okeanda baliq uchun mo‘ljallangan qutida suzib jon saqladi (video)

Qayig‘ini yo‘qotgan erkak uch kun okeanda baliq uchun mo‘ljallangan qutida suzib jon saqladi (video)
Kadr: YouTube
Kemasini yo‘qotib qo‘ygan indoneziyalik baliqchi okeanda uch kun baliqlar uchun mo‘ljallangan qutida suzdi, deb xabar beradi Newsflare.

14 sentabr kuni Shimoliy Maluku provinsiyasida istiqomat qiluvchi 46 yoshli Udin Diman baliq tutish uchun jo‘nab ketgan. Baliqchining oilasi uni kechasi keladi deb kutgan, biroq u qaytmagan. Oradan bir sutka o‘tgach, Udinning qarindoshlari politsiyaga murojaat qilgan.

Qutqaruvchilar Udin muntazam baliq tutadigan joyni tekshirgan, biroq baliqchi topilmagan. Shunda ular qidiruv zonasini kengaytirgan va oradan ikki kun o‘tgach, och-nahor Udin topilgan. U baliqlar uchun mo‘ljallangan sariq qutida bo‘lgan.

«Hozircha Udin qanday qilib uch kun suv va ovqatsiz yashashga muvaffaq bo‘lganini bilmaymiz. Ammo uning juda omadi kelgan», — deydi qutqaruvchilar jamoasi rahbari.

Baliqchi shifoxonaga yetkazilgan, ovqatlantirilgan va bir necha soatdan so‘ng uyiga javob berilgan. Udinning so‘zlariga ko‘ra, uning kemasi kuchli oqim domiga tushib qolgan va ag‘darilib ketgan. U qutqaruvchilar kelguncha duch kelgan qutiga tarmashib olishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qayig‘ini yo‘qotgan erkak uch kun okeanda baliq uchun mo‘ljallangan qutida suzib jon saqladi (video)