Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi

Dunyo2 daqiqa o'qish3.5K
Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi
Foto: Ozarboyjon mudofaa vazirligi
27 sentabrda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanib ketdi. Ikki tomon bunda bir-birini ayblamoqda.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari “frontning butun chizig‘i bo‘ylab” Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutganini, tinch aholi orasida yo‘qotishlar va yaralanganlar borligini ma’lum qildi. Bu orada Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, hujumni Ozarboyjon harbiylari boshlagan.

Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanning ta’kidlashicha, jangovar harakatlar davomida Ozarboyjonning ikkita vertolyoti va uchta droni urib tushirilgan. Uning aytishicha, Ozarboyjon armiyasi Arsax (Tog‘li Qorabog‘ning armanchada atalishi) tomon raketa zarbalarini bergan.

“Dushman Arsax tomon raketa-aviatsiya zarbasini berdi. Buning uchun barcha javobgarlik Ozarboyjon harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasidadir. Armaniston dushmanning ikkita vertolyoti va uchta dronini urib tushirdi. Janglar davom etmoqda”, deb yozgan Stepanyan Facebook’da. Keyinroq Ozarboyjon faqatgina bitta vertolyoti urib tushirilganini, ekipaj a’zolari tirikligini tasdiqlagan.

Armaniston bosh vazirining ma’lum qilishicha, “dushman” Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilgan, armiya muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ham Stepanakert Ozarboyjon tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan.”Bugun ertalab dushman tutashuv chizig‘i bo‘ylab faol hujumga o‘tdi. Tinch aholi punktlari, jumladan poytaxt Stepanakert ham o‘qqa tutilmoqda. Biz aholini berkinishga chaqiramiz”, deb aytilgan Pogosyan xabarida.

O‘z navbatida Ozarboyjon mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

Ozarboyjon mudofaa vazirligida ma’lum qilinishicha, qo‘shinlar “dushmanning ig‘vogar harakatlariga chek qo‘yish va tinch aholi xavfsizligini ta’minlash uchun” javob choralari ko‘rmoqda. Jumladan, Armaniston havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining 12 ta zenit-raketa majmuasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.

"Armiya butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qildi. Shaxsiy tarkib va tank bo‘linmalari raketa-artilleriya qo‘shinlari, front aviatsiyasi va dronlar ko‘magida dushman mudofaasining old chizig‘ida va ichkarisida Armaniston qurolli kuchlarining katta miqdordagi tirik kuchi, harbiy ob’yektlari va jangovar texnikasini aniqlab, ularni yo‘q qilmoqda”, deb ma’lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?