Ponte-San-Petro (Italiya)da koronavirusning navbatdagi qurboni so‘nggi manzilga kuzatilyapti.
Foto: EPA/UPG
COVID-19 pandemiyasi har soatda 226 insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Bu shuni anglatadiki, koronavirus har 16 soniyada dunyoning qayeridadir bir bemorning jonini olmoqda. Sentabr oyidagi kasallanishlar bo‘yicha o‘z tahlilini tayyorlagan «Reuters» agentligi bugun, 29 sentabr kuni ushbu ma’lumotlarni taqdim etdi.
«Dunyomiz eng yuqori azob nuqtasiga yetib keldi. Naqadar ulkan raqamlar. Ammo har biri alohida hayot edi — kimningdir otasi yo onasi, turmush o‘rtog‘i, aka-ukasi, opa-singlisi, hamkasbi edi», — dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.
Jahonda har 24 soatda 5400 kishi xavfli infeksiyalar qurboniga aylanadi. Bu yil koronavirus oqibatida o‘limlar soni bezgak oqibatida vafot etganlar sonidan o‘rtacha hisoblaganda ikki baravarga oshib ketdi.
Atigi uch oy ichida COVID-19 oqibatida o‘limlar soni yarim milliondan ikki baravarga oshdi va tinmay o‘smoqda.
JSST vakili Mayk Rayan koronavirusdan o‘lganlar soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani haqida o‘z fikrini bildirgandi. Uning gumonicha, kasallanishlar va o‘limlar statistikasi aslidagidan past ko‘rsatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi