Foto: News Daily
Meksikaning Oaxaka shtati Puerto-Eskondido shahrida yashovchi yosh baliqchi ulkan yelkanchi baliqni tutib oldi. Bu haqda News Daily xabar berdi.
Bitta baliq ovi mobaynida 22 yoshli David Monkada 49,50 va 56 kilogramm og‘irlikdagi uchta yelkanchi baliqni tutib oldi.
So‘nggi baliq uning «faoliyati» mobaynidagi eng katta o‘lja bo‘ldi. Suratda baliqning uzunligi baliqchining bo‘yidan ham uzunligini ko‘rish mumkin.
Monkada baliqchilikka bolaligidan qiziqib qolgan. Avvallari u dengizga o‘z otasining qayig‘ida chiqardi.
Foto: News Daily
Foto: News Daily
Endilikda uning o‘z kemasi bor hamda baliq ovi xobbidan daromad manbayiga aylangan. Monkadaning aytishicha, bir yil davomida u yarim tonna baliq tutishga muvaffaq bo‘lgan.
Yelkanchi baliqning uzunligi 3,5 metrga yetadi, u soatiga 100 kilometr tezlikda suza olgani uchun dunyodagi eng chaqqon baliq hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi