date
views 1 867

Germaniyada uyni 3D-printerda chop etishmoqchi

Germaniyada uyni 3D-printerda chop etishmoqchi
Germaniyaning Bekkum shahrida mutaxassislar yangi turarjoyni «chop etish»ga qaror qilishdi. Bu haqda Peri kompaniyasi saytidagi ma’lumotlarga asoslanib DW manbasi xabar berdi.

Ushbu kompaniya o‘z mamlakatida birinchi bo‘lib mana shunday loyihani amalga oshiradi. Ikki qavatli uyni qurish uchun 200 ming yevro ajratildi. Hozirgacha ishchilar maxsus dastgoh yordamida maxsus beton devorlarni quyib chiqishdi.

Turarjoyning umumiy maydoni qariyb 160 metr kvadratni tashkil etadi. Material maxsus qurilma yordamida quyiladi, uning qalinligi bir necha santimetrga teng. Jarayonlar maxsus dastur yordamida kuzatib boriladi.

Mahalliy mutasaddilar loyihaning istiqboli katta ekanligini aytishmoqda. Boisi bunday texnologiyalardan hamma joyda foydalanish turarjoy va qurilish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilish va inson resurslarini tejashga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada uyni 3D-printerda chop etishmoqchi