07:37 / 04.10.2020
3 769

Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi

Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi
Foto: EPA
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi chigal vaziyat yanada murakkablashgani tufayli mamlakat aholisiga murojaat yo‘lladi.

Pashinyan Ozarbayjonning harakatlarini mantiqqa zid deb hisoblashi va Turkiyaning ittifoqdoshini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlayotganini qoraladi. Bosh vazirning aytishicha, Turkiyaning 150 ga yaqin yuqori lavozimdagi harbiylari ayni vaqtda Ozarbayjonda bo‘lib turibdi va Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni boshqarmoqda.

Pashinyan Ozarbayjon va Turkiyaning harakatlari nafaqat hududni egallash uchun, balki millatchilik xarakteriga ham ega ekanini ta’kidladi.
«Ularning maqsadi armanlarni yo‘q qilish, armanlar genotsidini davom ettirish», – degan Pashinyan.

Shuningdek, bosh vazir Qorabog‘ tomondan juda ko‘p qurbon berilganiga qaramay, dushmanning hech qanday taktik masalani hal etmaganini qayd qilgan.

Tog‘li Qorabog‘ hududida 27 sentabrdan buyon katta hajmdagi artilleriya ishtirokidagi jangovar harakatlar davom etmoqda. Tomonlar harbiylar hamda tinch aholi orasidan yuzlab qurbonlar borligi haqida xabar qilgan.

Navbatdagi nizo nimadan kelib chiqqani ma’lum emas, ikkala tomon urushni boshlanishida bir-birini ayblamoqda. 2 oktabrda Armaniston tinchlik o‘rnatish borasida muzokaralarga tayyorligini bildirgan, Ozarbayjon hamda Turkiya esa ushbu taklifni rad qilgan.

Turkiya Ozarbayjonga harbiy ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qilgan, ammo Anqara o‘z harbiylarining jangovar harakatlarda ishtirok etayotgani haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi