Foto: Pixabay
Xitoyda ulkan ayiq tomosha vaqtida sirk artistiga tashlandi. Tomoshabinlar tomonidan suratga olingan qo‘rqinchli video Daily Mail nashri tomonidan e’lon qilindi.
Hodisa Xitoyning Puyan okrugida yuz berdi. Videoda tomosha vaqtida og‘irligi 200 kilo bo‘lgan ayiq hayvon o‘rgatuvchiga hujum qilganini ko‘rish mumkin. Sirkning boshqa xodimlari hayvonni tayoqlar bilan urib haydashga urinadi.
Qayd etilishicha, sirk artisti jiddiy jarohat olmagan. Uning hayoti xavf ostida emas.
Ayiq tomoshabinlar arenaga uloqtirgan sosiskani yeyishni taqiqlagani uchun hayvon o‘rgatuvchidan xafa bo‘lgan.
Nashrning qayd etishicha, sirk ayiqlari artistlarga zarar yetkaza olmasligi uchun ularning tishi arralab tashlanadi. Ushbu fakt internet foydalanuvchilarini g‘azablantirdi. Ular insonlarning o‘zlarining tishini arralab tashlab, qafasga solib qo‘yishni taklif qilgan. Ayrimlar esa insonlarning pul uchun hamma narsaga tayyorligidan norozilik bildirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi