Foto: AFP
Ozarboyjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.
Armaniston va Ozarboyjon bir-birini bugun kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblamoqda.
Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan Ozarboyjon quroli kuchlari e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramasdan «Karamaxbeyli yo‘nalishida hujum uyushtirgan»ini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari ayni vaqtda Ozarboyjon aholi maskanlarini o‘qqa tutayotganligini bildirdi.
«Dushman Terter va Agdam rayonlari hududlarini o‘qqa tutmoqda», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ozarboyjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.
Bu boradagi bitim Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi