2 727
Qirg‘izistondagi tartibsizliklar vaqtida turmalarni tark etganlardan ortga qaytish talab qilindi
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi respublikadagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida ozodlikdan mahrum etish joylaridan chiqarilgan siyosatchilardan ixtiyoriy ravishda ortga qaytishni talab qildi.
“Bosh prokuratura 5 oktabrdan 6 oktabrga o‘tar kechasi hibsda saqlash va jazoni o‘tash joylarini noqonuniy tark etgan barcha shaxslardan jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyatiga kelishni talab qiladi. Talablar bajarilmasa, huquq-tartibot idoralari tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan qat’iy choralar ko‘riladi”, deb aytilgan prokuratura xabarida.
Prokuraturada sud va tergov idoralari bir qator siyosatchilar, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyev, sobiq bosh vazir Sapar Isakov, Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov va prezident ma’muriyati sobiq rahbari Farid Niyazovga nisbatan jinoiy ishlar olib borayotgani, ulardan ba’zilari respublikada yuz bergan vaziyatdan foydalanib, ozodlikdan mahrum etish joylarini noqonuniy tark etganlari ta’kidlab o‘tilgan.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi tartibsizliklar vaqtida ozodlikka chiqarilgan siyosatchilarni qochoqlik uchun jinoiy javobgarlik borligidan ogohlantirgan.
Avvalroq Almazbek Atamboyev Bishkek yaqinida qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, Bishkekda Atamboyev vaqtida prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan Farid Niyazov, ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, oxirgi voqealar vaqtida o‘zini ichki ishlar vaziri va Bishkek komendanti deb e’lon qilgan Kursan Asanov ham hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin