22:00 / 18.10.2020
2 246

NASA rahbari Marsda hayot izlarini topish imkoniyati ortib borayotganini ma’lum qildi

NASA rahbari Marsda hayot izlarini topish imkoniyati ortib borayotganini ma’lum qildi
Foto: iStock
Marsda hayot izlarini topish ehtimoli ortib bormoqda. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda NASA direktori Jim Braydenstayn 17 oktabr kuni Marsni tadqiq etuvchilar jamiyatining videokonferensiyasida aytgan.

Braydenstaynning ta’kidlashicha, Marsda hayot borligi haqida dalil hozircha topilmagan. «Ammo buning ehtimoli ortib bormoqda. Qanchalik ko‘p izlansak, bizningcha, hayot uchun zarur bo‘lgan barcha elementlar Marsda borligi yoki bo‘lganligini shunchalik bilyapmiz», — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq olimlar Marsda organik molekulalar mavjud deb taxmin qilgan.

Iyul oyi oxirida NASA bortiga mazkur apparat o‘rnatilgan Atlas V raketa tashuvchisi orqali Perseverance nomli yangi marsoxodni uchirgandi. Rejaga ko‘ra, u 2021 yilning 18 fevralida Mars yuzasiga borib qo‘nishi kerak.

Perseverance Marsning o‘tmishdagi mikrobiologik hayot shakli alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadi. U tuproq namunalarini to‘playdi (uni 2028 yilda Perseverance yoniga qo‘nadigan boshqa bir apparat olib ketadi), shuningdek, sayyoraning iqlimi va ob-havosini o‘rganadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA rahbari Marsda hayot izlarini topish imkoniyati ortib borayotganini ma’lum qildi